Hodisalar
Qotil ota
Jizzaxda beshikda yotgan chaqalog‘ini o‘ldirgan ota 5 yilga qamaldi
Jizzax viloyatining Zomin tumanida ikki oylik chaqalog‘ini o‘ldirgan otaga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqeaga erkakning shar’iy nikohdagi xotini bilan janjallashishi sabab bo‘lgan. 2020 yilning sentyabr oyida ayol erining sobiq turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali gaplashayotganidan xabar topgach, darg‘azab bo‘lib, choynak bilan xotinning boshiga urgan.
Shuningdek, 2020 yilning 9 oktyabr kuni soat 23:00 da er-xotinning beshikda yotgan chaqalog‘i yig‘lay boshlagan. Er ayolning go‘dakni eplay olmayotganidan jahli chiqib, qizini o‘zi uxlatmoqchi bo‘lgan. Ota beshikdagi yostiqni olib, ayolining yuziga bir necha marta urgan. Bu jarayonda go‘dakning boshi beshik qirrasiga urilgan. Shuningdek, bolaga boshqa jarohatlar ham yetkazilgan.
Ayol 10 oktyabr kuni ertalab ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan. Qayd etilishicha, 2020 yil 17 avgustda tug‘ilgan chaqaloq shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, go‘dak vafot etgan.
Sud tibbiy ekspertizasi bolaning o‘limiga bosh miya yopiq jarohatlanishi, ensa suyagining bitishmalaridan ichkariga qarab sinishi, miya to‘qimasi ezilishi, miya to‘qimasiga, bosh miya bo‘shliqlariga qon quyilishi hamda ko‘krak qafasi orqa yuzasi, ikkala son sohasiga ko‘plab qontalashlar sabab bo‘lganligini qayd etgan.
Sud ushbu jinoyat bilan bog‘liq holatlarni inobatga olib, aybdorga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi