Jahon

Yangi prezident

photo 104

Loading

Rasman! Sadir Japarov — Qirg‘iziston prezidenti

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov rasman davlat rahbari lavozimini bajarishga kirishdi, deb xabar qilmoqda «Sputnik Qirg‘iziston» nashri.

Inauguratsiya marosimi Toktogul Satilganov nomidagi  Milliy filarmoniyaning Katta zalida bo‘lib o‘tmoqda. Unda mingdan ortiq mehmonlar, jumladan, 2020-yil oktyabrida ixtiyoriy ravishda iste’foga chiqqan mamlakatning sobiq prezidenti Soroonbay Jeenbekov qatnashmoqda.

Tantanali marosimda Japarov qasamyod qilib, Qirg‘iziston xalqi uchun sodiq xizmat qilishga va’da berdi.

Respublika Markaziy saylov komissiyasi rahbari Nurjan Shayldabekova Japarovga davlat ramzlarini topshirdi.

Qirg‘izistonda muddatidan avval prezident saylovlari 2021-yil 10-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Saylovchilarning 79% dan ziyodi Sadir Japarov nomzodini qo‘llab-quvvatladi.

Manba

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.