O‘zbekiston
Xayriddin Sultonov pensionerlar haqida gapirdi
Xayriddin Sultonov: «Pensiyaga oz qolgan, yaxshi choy damlaydigan opalarni ishda saqlash yaramaydi…»
«Ma’naviyat masalasi milliy xavfsizlik masalasi bilan barobar turadi», deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi – spichrayter Xayriddin Sultonov.
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazida «Yangi O‘zbekiston: kuchli iqtisodiyot va kuchli ma’naviyat» respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan spichrayter Xayriddin Sultonov ma’naviyat ishlarini kuchaytirish lozimligini va nima uchun bu yo‘nalishga byudjetdan 90 milliard so‘m ajratilayotganini tushuntirdi.
Xayriddin Sultonovning so‘zlariga ko‘ra, ma’naviyat targ‘ibotlariga qarshi chiqqan vazirlar, kompaniya rahbarlari paydo bo‘lishi bilan ma’naviyat markaziga e’tibor susaygan. Shu sababli ma’naviyat markazlari xodimlari hokimiyatlarda choy tashuvchi, shahardan mehmon kelsa, olib yuradigan odamlarga aylanib qolgan. Uning aytishicha, endilikda Respublika ma’naviyat markazi faoliyati tubdan yangilanadi. Ma’naviyat va ma’rifat markazlari xodimlarining moddiy ta’minoti yaxshilanadi.
«Ma’naviyat tadbirlari bu sovuq binoga norozi odamlarni yig‘ib, telpakni bostirib olib ma’ruza o‘qish degani emas… Eng muhim murakkab masala shundaki, bugungi kunda har bir tadbir yoki uchrashuv erkinlik, ochiqlik, plyuralizm shaklida o‘tishini inobatga olgan holda unga katta tajribaga ega bo‘lgan vatanparvar bilimli mutaxassislarni jalb etish kerak. Auditoriyaning savollari ko‘p. Jurnalist, blogerlar ham keladi. Ilgarigidek bir xonaga hammani qamab, ma’ruza o‘qib ketishlar yo‘q. Bu format ishlamaydi. So‘zga chiqqan odam «Meni so‘zim qanday aks-sado beradi? Ertaga ijtimoiy tarmoqda «urib tashlashmaydimi?» deb mulohaza qilishi kerak. Ma’ruzalarni yozib olib, bir necha marta tayyorgarlik ko‘rib borishi kerak. Ko‘p joyda ko‘rganman, olimlar so‘zga chiqqanida, gapirib gapini tugatolmaydi. Laziz Qayumov degan domlamiz gapirib, fikrini tugatolmaganlarni «qo‘nishga aerodrom topolmayapti», derdilar. Jamiyat ochildimi, endi oson bo‘lmaydi «ali» desangiz, «vali» deydi bular. Ular haq, bunday deyishga. Shunday ekan, aql, bilim bilan, diskussiya va bahs yuritish madaniyati bilan tayyor bo‘lish kerak.
Har qanday muxolif bilan bahs yuritishga tayyor bo‘lib minbarga chiqishi kerak. O‘tkir-o‘tkir savollarga javob bera oladigan mutaxassislarni topishimiz kerak. Pensiyaga ozgina qolgan xodim, yaxshi choy damlaydigan opalarni ishda saqlab olib o‘tirish yaramaydi», deydi Xayriddin Sultonov.
Spichrayter o‘z ma’ruzasida sovet davridagi «ideologlar», kolxozdagi yig‘ilishlarni ham maqtab o‘tdi. Shuningdek, ta’limga ma’naviyatshunoslik darslarini qaytarishni taklif qildi.
«O‘rtada «dono» odamlar chiqib, ma’naviyat ma’rifat darslarini yo‘q qilishni taklif qilishdi. Buni u xuddi bolani tog‘oradagi suvga cho‘miltirib, suvga qo‘shib bolani tog‘ora bilan ag‘darib tashlashga o‘xshatdi. Eng ma’naviyatli tuman, shahar, qishloq tanlovlarini o‘tkazishimiz kerak», deydi u.
Sultonovning fikricha, «ma’naviyat kerakmi» degan odamlar orasida farzandini sotib, puliga Dubayga borib dam olayotganlar, otasini urayotganlar, qizini Dubayga fohishalikka jo‘nayotganlar ham topilyapti. Ular ijtimoiy tarmoqlarni, «sariq» gazetalarni, to‘y charlarni egallagan», deydi Sultonov.
Tadbir davomida Sultonov uzoq ma’ruza qildi va markazning endilikdagi faoliyati avvalgidek bo‘lmasligini eslatdi. Ammo, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida o‘tgan mazkur yig‘ilishda ochiqlik va eskicha formatdan voz kechish haqida gapirgan Xayriddin Sultonov uchrashuv so‘ngida jurnalist savollariga javob berishni istamadi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi