Salomatlik

Bel og‘rig‘i va undan xalos bo‘lishning 7 ta usuli

photo
Foto: DoktorPiter

Loading

Og‘riq, tortishish… Bel og‘rig‘i insonni har qanday vaqtda bezovta qilishi mumkin. Ko‘p hollarda bel og‘rig‘i umurtqa pog‘onasidagi kasalliklar sabab emas, noto‘g‘ri turmush tarzi orqali yuzaga keladi. Mutaxassislar undan xalos bo‘lishning bir nechta usullari haqida ma’lumot bergan. “Daryo” nashri esa bu haqda maqola tayyorladi.

Nofaol turmush tarzi

Uzoq vaqt davomida bir joyda o‘tirish, masalan, ofisda kun davomida bir joyda ishlash bo‘yin va yelka bo‘g‘imlariga zarar yetkazadi. Bundan tashqari biror joyga piyoda borsangiz ham keyinroq bo‘g‘imlarda og‘riq yuzaga kelishi mumkin.

Agar tanangizda og‘riq yuzaga kelishini oldini olmoqchi bo‘lsangiz, birinchi navbatda kompyuteringiz ekranini ko‘z masofasiga moslab uzoqlashtiring yoki yaqinlashtiring. Iloji bo‘lsa, tik turgan holda ko‘proq vaqt sarflashga harakat qiling.

Og‘ir sumkalar

Hech kimga sir emaski, gadjetlar, hamyon, suv idishi, tushlik uchun idish, kosmetika va boshqa ko‘p narsalar solingan katta sumkani ko‘tarib yurish belda og‘riq yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, yuk notekis taqsimlangan bo‘lsa, masalan, bir yelkangizga sumkani osib yursangiz og‘riq paydo bo‘lishi ehtimolini oshiradi.

Bu holatning oldini olish uchun haftada kamida bir marta sumkangizning ichidagi narsalarni tartibga keltiring va ortiqcha narsalarni bir chetga olib qo‘ying. Agar siz og‘ir narsalar solingan sumkani olib yurishingiz kerak bo‘lsa, qo‘shimcha kamarlari bo‘lgan ergonomik sumkadan foydalaning.

Haddan tashqari hissiyotga berilish

Stress nafaqat ruhiy, balki jismoniy holatga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Tajribalar stress paytida qilingan harakatlar tanada og‘riqning ham yuzaga kelishiga sabab bo‘lishini ko‘rsatgan.

Bunday holat yuzaga kelmasligi uchun ruhiy sog‘lig‘ingizga g‘amxo‘rlik qiling va stressdan o‘z vaqtida qanday qutulishni o‘rganing. Tasdiqlangan usullardan biri yoga bilan shug‘ullanish hisoblanadi.

Chekish

Chekishning zararlari haqida cheksiz gapirish mumkin. Bu yomon odatni tark etish uchun yana bir isbot: tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish umurtqa pog‘onasini ushlab turadigan mushaklarning asta-sekin degeneratsiyasiga va doimiy bel og‘rig‘ining paydo bo‘lishiga olib keladi.

Chekishni tashlashga harakat qiling. Ruhiy salomatligingizga e’tibor bering va mutaxassis bilan maslahatlashing. Gipnolog bilan bog‘laning salomatlik bilan bog‘liq barcha maslahatlarga amal qiling.

Sport bilan shug‘ullanish

Intensiv va muntazam sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish sog‘lig‘ingizga foyda, biroq siz sport bilan shug‘ullanganingizdan keyin bel og‘rig‘ini his etayotgan bo‘lsangiz mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni biroz kamaytirishingiz kerak.

Bel og‘rig‘i yuzaga kelmasligi uchun jismoniy mashq qilish uchun foydalaniladigan jihozlarining shakli va og‘irligiga e’tibor bering, ayniqsa boshingizga og‘irligi tushadigan jihozlardan ehtiyot bo‘lib foydalaning. Agar hamma narsani to‘g‘ri bajarayotganingizga ishonchingiz komil bo‘lmasa, fitnes o‘qituvchisidan yordam so‘rang.

Osteoporoz

Bel og‘rig‘ining patologik sabablaridan biri osteoporoz hisoblanadi. Bu kasallik ko‘pincha tananing yuqori orqa qismida og‘riq va bo‘g‘imlarda zaiflik hissini yuzaga keltiradi. Ayollarda osteoporoz ko‘pincha gormon bilan bog‘liq o‘zgarishlar bo‘lgan paytda rivojlanadi, biroq u ertaroq, 35 yoshda yoki undan keyinroq ham bo‘lishi mumkin.

Tashxis qo‘yilishi uchun siz tekshiruvdan o‘tishingiz kerak. Keyin shifokor maxsus dori-darmonlarni yoki fizioterapiya kursini belgilaydi.

Kislotali reflyuks

Oshqozonning kislotali reflyuksiyasi juda ko‘p noqulayliklarni keltirib chiqaradi, shu jumladan yuqori orqa tarafdagi o‘tkir og‘riqlar, so‘ngra yurak urishida o‘zgishlarni keltirib chiqaradi.

Bu holatda oshqozon buzilishi, kasallikdagi boshqa belgilar kuzatilsa, uni muvaffaqiyatli davolash mumkin. Tashxisni tasdiqlash uchun siz gastroenterologga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.