Salomatlik

Qishki charchoq xavfli bo‘lishi mumkin — shifokor ogohlantirdi

pic
Foto: Work.ua

Loading

Qish mavsumida darmonsizlik va charchoq his qilish ko‘pchilik uchun odatiy holdek tuyulishi mumkin. Biroq ba’zida bu holat oddiy toliqish emas, balki organizmdagi xavfli patologiyalar belgisi bo‘lishi ham mumkin. Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi, terapevt Oksana Serebryakova “Chempionat” nashriga bergan intervyusida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Daryo esa ushbu suhbat matnini keltirib o‘tmoqda.

Nima uchun qishda o‘zimizni holsiz his qilamiz?

Sovuq faslda kuzatiladigan fiziologik charchoqning o‘ziga xos sabablari bor. Bularga, birinchi navbatda, quyosh nurining kamligi (kunning qisqaligi), organizmda D vitamini tanqisligi hamda umumiy jismoniy faollikning sezilarli darajada pasayishi kiradi. Ammo charchoq surunkali tus olsa yoki qo‘shimcha alomatlar bilan namoyon bo‘lsa, bu shunchaki fasl almashinuvi emas, balki organizmning yordam signali bo‘lishi mumkin.

Shifokorga murojaat qilish uchun asos bo‘ladigan xavotirli belgilar:

• Surunkali uyquchanlik va loqaydlik: agar tushkun kayfiyat, uyquga to‘ymaslik va befarqlik hissi 2—3 haftadan ortiq davom etsa, bu ruhiy depressiya yoki qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi — gipotireozdan darak berishi mumkin.

• Dam olgandan keyin ham o‘tib ketmaydigan holsizlik: to‘laqonli uyqu va hordiqdan so‘ng ham o‘zingizni charchagandek his qilsangiz, bu kamqonlik (anemiya), yurak yetishmovchiligi yoki 2-toifa qandli diabetning yashirin belgisi bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

• Qandli diabetning klassik belgilari: doimiy chanqoq hissi, tez-tez peshob chiqarish va tushuntirib bo‘lmaydigan darajada vazn yo‘qotish. Bu belgilar dekompensatsiyalangan qandli diabetga xosdir.

• Nafas qisilishi va shishlar: oddiy jismoniy harakatlar vaqtida, masalan, zinapoyadan ko‘tarilganda nafas siqishi hamda oyoqlarda shish paydo bo‘lishi yurak-qon tomir tizimidagi jiddiy muammolardan dalolat beradi.

“Agar charchoq insonning kundalik ish qobiliyatiga, atrofdagilar bilan muloqotiga va oddiy maishiy vazifalarni bajarishiga to‘sqinlik qila boshlasa, demak, vaziyat jiddiy. Bunday holatda o‘z-o‘zini davolash bilan shug‘ullanmay, albatta shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur”, deydi mutaxassis.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.