Buxoro yangiliklari

Buxoroda kommunal xizmat sohasidagi ishlar

photo 02 15

Loading

Kuni kecha Buxoro viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Mirshakar To‘raboyev amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Buxoro, Vobkent, Shofirkon va Gʻijduvon tumanlarida bo‘ldi, –deya xabar bermoqda ayni boshqarma Axborot xizmati

M. To‘raboyev jarayonda tumanlar bo‘limlari boshliqlari va mutaxassislar bilan sohadagi mavjud kamchilik va muammolar yechimi to‘g‘risida suhbatlashdi. Galdagi vazifalar, dasturlarda belgilangan loyihalarni belgilangan muddatlarda, kam-ko‘stsiz amalga oshirish borasida topshiriq berdi.

photo 01 14

Mavjud uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqib, tubdan isloh qilish, boshqaruv-servis kompaniyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ko‘p kvartirali uy- joylarda istiqomat qilayotgan aholini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish, majburiy to‘lov badallarini undirishdagi tartib-tamoyillarni qayta ko‘rib chiqish va bu boradagi kamchiliklarni bartaraf qilish ishdagi asosiy mezon bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

photo 03 16

Uylarning fasad qismi va kirish yo‘laklarini ta’mirlab tartibga keltirish, uylar atrofi va hududini obodonlashtirish, ko‘p kvartirali uy-joylarda istiqomat qilayotgan aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratib berish kabi dolzarb vazifalar o‘rtaga tashlandi va bu boradagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarning ijro muddatlari ham belgilab olindi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.