O‘zbekiston
Endilikda “prava” olishda darslarda qatnashish majburiy emasmi?
1-fevraldan boshlab O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini olish jarayonida faqatgina nazariy darslarga majburiy qatnashish talabi bekor qilindi. Bu yangilik Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-oktabrda qabul qilingan “Transport vositalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida qayd etilgan.
Qarorga ko‘ra, “A” va “B” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini olishni istagan talabgorlar majburiy o‘quv dasturining nazariy qismini endi mustaqil o‘zlashtirishi mumkin. Ya’ni, kimdir kursga boradi, kimdir o‘zi tayyorlanadi — tanlov o‘zingizda.
Yangi tartibning asosiy jihatlari quyidagicha:
- – talabgorlar o‘z xohishiga ko‘ra nazariy bilimlarni o‘quv kurslarida (onlayn yoki oflayn shaklda) oladi yoxud mustaqil tayyorgarlik ko‘radi;
- – talabgorlar majburiy o‘quv dasturida belgilangan amaliy mashg‘ulotlarda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha davlat va nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarda to‘liq ishtirok etadi;
- – amaliy mashg‘ulotlarni to‘liq o‘tab bo‘lgandan keyin, transport vositasini boshqarish ko‘nikmalari ijobiy baholansa, talabgor haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshiradi;
- – talabgorning amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha o‘qishni tugatgani haqidagi ma’lumotnoma elektron ko‘rinishda rasmiylashtiriladi;
“A” va “B” toifadagi haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv guruhlarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida ro‘yxatga olish tartibi bekor qilinadi.
Qisqasi, nazariyada erkinlik ko‘paydi, amaliyotda esa talab avvalgidek qat’iy — rulga o‘tirishdan oldin “real” mashg‘ulotlar to‘liq o‘tilishi shart.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


