Buxoro yangiliklari
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Shofirkon tuman jamiyati raisi IIB tomonidan qo‘lga olindi
Buxoro viloyatida ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida jinoiy faoliyatga aloqador navbatdagi holat aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1993-yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olingan. U Shofirkon tumanida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining tuman jamiyati raisi lavozimida ishlab kelgan.
O‘rganishlar jarayonida mazkur shaxs ilgari ham bir necha bor qonun bilan muammoga duch kelgani aniqlangan. Xususan, u avval Jinoyat kodeksining 167-moddasi (tovlamachilik), 168-moddasi (firibgarlik) hamda 228-moddasi (ma’muriy nazorat qoidalarini buzish) bilan sudlangan bo‘lgan. Shunga qaramay, u yana mas’ul lavozimga tayinlangani jamoatchilikda savollar uyg‘otmoqda.
Tezkor tadbir davomida aniqlanishicha, gumonlanuvchi tuman hokimligida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari borligini ro‘kach qilib, Shofirkon tumanidagi ziyoratgoh va avtoturargoh atrofidan 20 kvadrat metr yer maydonini tadbirkorlik faoliyati uchun ajratib berish, shuningdek, ushbu hududda yengil konstruksiyali qurilish ishlarini amalga oshirishga ruxsat olib berishni va’da qilgan.
U bu “xizmatlari” evaziga fuqorodan 500 AQSh dollari talab qilgan va pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Buxoro shahar bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushbu ish doirasida boshqa mansabdor shaxslarning ham harakatlariga huquqiy baho berilishi kutilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


