Buxoro yangiliklari

Prokuratura, IIB, DXX boshliqlari G‘ijduvon tumaniga nega keldi?

photo 01 22

Loading

Kecha, 29-mart kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Aliyev va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari Gʻijduvon tumani hokimi bilan birgalikda tumandagi Zarafshon mahallasida sayyor qabul o‘tkazishdi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari bilan birgalikda Gʻijduvon tumani Zarafshon mahallasiga borib, tuman sektor rahbarlari, viloyat hamda tuman mutasaddi idoralar mas’ullari, ushbu mahallalarga biriktirilgan iqtisodiy sektor xodimlari ishtirokida mahalladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ga kiritilgan, muammoli fuqarolar, shu jumladan ayollar va yoshlar bilan bilan uchrashib, ishsiz ayollar va yoshlarni ish bilan ta’minlash, ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli yo‘naltirilganligi, imtiyozli kreditlar olishda mavjud muammolar, fuqarolarni kasbga o‘rgatish va tadbirkorlikka jalb etish borasidagi ishlar natijalarini o‘rganib, har bir fuqaro bilan yuzma-yuz suhbatlashgan holda ularni qiynab kelayotgan va yechimini topmayotgan muammo va masalalar yuzasidan murojaatlarini qabul qildilar.

[metaslider id=1813 cssclass=»»]

Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilab, tuman sektor raxbarlari, MFY raisi va uning o‘rinbosarlari hamda mahallaga biriktirilgan iqtisodiy sektor xodimlariga Yoshlar va Ayollar bilan ishlash tartibi hamda “Mahallabay”, “Xonadonbay” va “Fuqarobay” ishlash tizimi bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdilar, -deyiladi Buxoro viloyat IIB Axborot xizmati xabarida.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.