Buxoro yangiliklari

Olotda kam ta’minlangan xotin-qizlariga tikuv mashinalari berildi

photo 02 27

Loading

Mamlakatimiz Prezidentining shu yil 21-, 22-yanvar kunlari viloyatimizga amalga oshirgan tashrifi yakunlari bo‘yicha viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda mazkur Biznes Ombudsman vakili zimmasiga ham qator vazifalar yuklatilgan. Shundan kelib chiqib, Biznes Ombudsman vakili tashabbusi bilan Olot tumani Kengashi deputati Ch.Quvondiqova hamrohligida Olot tumanidagi mahallalarda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, hudud “Temir daftari”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlardan 50 nafariga ular istagiga ko‘ra zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.

“Ma’rifat” MFY da kasalmand onasi va ukasi bilan istiqomat qilayotgan Dilnoza Ramazonova o‘tgan yilgi pandemiya davrida og‘ir sharoitda, daromadsiz qolgani bois “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. Holbuki, chevarga shogird tushgan qizning qo‘lida tayinli hunari bo‘la turib tikuv mashinasiga ega emasligi nochor vaziyatda qoldirgandi. “Xalifa” MFY da yashovchi Shaxnoza Murodova esa yosh oila bekasi, uyda ikki farzandi parvarishi bilan band, kunlik duch kelgan joyda ishlab kelayotgan turmush o‘rtog‘ining topganiga qanoat qilib kelmoqda. Unga homiylik asosida eltib berilgan zamonaviy tikuv mashinasi esa qo‘shimcha daromad, imkoniyat eshigini ochdi.

photo 01 26

Muhimi, hozirda ustoz-shogird yo‘nalishida kasb-hunar markazida tahsil olib, tikuvchilikni o‘rganayotgan ana shunday xotin-qizlarga ajratilgan uskunalar ularni qiyin vaziyatdan chiqishlari uchun bir vosita, madaddir. Albatta, kelgusida ular orasida ishga tez kirishib, buyurtma asosida qo‘l mehnatini rivojlantiradiganlari, shogirdlar yetishtiradiganlari yana qo‘llab-quvvatlanadi. Zero, bu xayrixohlik zaminida xotin-qizlarimizga yetarli qulaylik va shart-sharoit yaratish, ular turmushini yaxshilash, o‘zlari tanlagan hunar bilan mashg‘ul qilish maqsadi yotibdi. Albatta, bunday homiylik va xayriya ishlari hamda deputatlarimizning faolligi davom etadi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.