Qiziqarli
Shaharda yashaydigan chumchuqlar fastfud sababli semirib ketmoqda
Shahar sharoitida yashayotgan chumchuqlar tez tayyorlanadigan taomlar (fastfud) shoxobchalari atrofida oziqlanishi oqibatida ortiqcha vazn to‘plamoqda. Bu haqda A. N.Severtsov nomidagi Ekologiya va evolyutsiya muammolari instituti ilmiy kotibi, biologiya fanlari doktori Natalya Feoktistova “RIA Novosti” agentligiga ma’lum qildi. Daryo shular haqida yozmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chumchuqlar endilikda tez hazm bo‘ladigan uglevodlarni o‘zlashtirishga moslasha boshlagan va ehtimol, boshqa ko‘plab turlar ham shunday qobiliyatga ega. Oqibatda ular shahar muhitida semira boshlamoqda. Bu holat, xuddi odamlarda bo‘lgani kabi, qushlarning sog‘lig‘iga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Vazn ortishi gormonal fonning o‘zgarishiga olib keladi, bu esa nasl qoldirish jarayonining yomonlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Hayvonot olamida ham xuddi shunday jarayon kuzatiladi: sutemizuvchilarda ham, qushlarda ham bir xil fiziologik o‘zgarishlar yuz beradi.
Bundan tashqari, shaharlardagi hayvonlar va qushlar ko‘chalardagi ortiqcha yorug‘lik sababli me’yorida uxlay olmaslik muammosiga duch kelmoqda. Shunga qaramay, ular shahar muhitida yovvoyi tabiatdagiga qaraganda ko‘proq yashab qolmoqda, chunki shaharlarda ularga hujum qiladigan yirtqichlar ancha kamdir.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


