Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (08.06.2026)
2026-yilning 8-iyun, dushanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Kuningiz omadli kechadi. Atrofdagilar bilan diplomatlarcha munosabat yuritishingiz sizga bir talay yoqimli lahzalarni hadya etadi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Qalbingizni qiynayotgan barcha tushkun lahzalardan qochishga harakat qiling. Sizdagi iste’dod bugun ham ishda, ham shaxsiy hayotda asqotib qolishi kutiladi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Bugunning asosini moliyaviy ahvolingiz tashkil etadi. Bankdan kredit, birovlardan qarz olgan bo‘lsangiz, bugun ularni egalariga qaytarishingiz lozim.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Agar ishingiz o‘tirib bajariladigan xilidan bo‘lsa, bugun ko‘proq vaqtingizni toza havoda o‘tkazishingiz tavsiya qilinadi.
Arslon (24.07 — 23.08)
Bugun neni xohlasangiz, o‘shanga yetishasiz. Faqat kamaytirilgan miqdorda. Moliyaviy muammolar ijobiy hal bo‘ladi.
Parizod (24.08 — 23.09)
Kunning ikkinchi yarmida hamkasblardan biri bilan bahslashib qolishingiz kutiladi. Muhabbatda oilasizlarni bir lahzalik romantika siylab o‘tmoqchi.
Tarozi (24.09 — 23.10)
Asosiy vaqtingizni tabiat qo‘ynida kechirishingiz tavsiya etiladi. Ta’tilda bo‘lsangiz, yana yaxshi. Do‘stlar bilan birga vaqt o‘tkazsangiz, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.
Chayon (24.10 — 22.11)
Bugun plastik kartochkangizga kattagina pul kelib tushishi mumkin. Nega hayron bo‘lasiz?
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Boshlagan muhim ishingizning ilk bosqichi muvaffaqiyatli yakun topishiga guvohlik qilasiz.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Kimki umurtqa pog‘onasidan shikoyat qilib yurgan bo‘lsa, bugun shu muammo qaltislanishi mumkin. Uni vrach ko‘magisiz bartaraf eta olmaysiz.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Oshqozoningizni ehtiyot qiling. Ko‘proq vitaminlar iching, yengil hazm bo‘luvchi taomlar bilan cheklaning.
Baliq (20.02 — 20.03)
Hammasi yaxshi bo‘ladi. Faqat yaqin o‘tmishdan qolgan bir muammo yana yo‘lingizga ko‘ndalang turib kayfiyatingizni buzishi mumkin.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


