Munajjimlar bashorati

Munajjimlar bashorati (14.06.2026)

horoscopy
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

2026-yilning 14-iyun, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati

Qo‘y (21.03 — 20.04)
Kun davomida qandaydir g‘alatomuz uchrashuvni boshdan kechirasiz va bu uchrashuv kayfiyatingizda jiddiy o‘zgarish yasaydi.

Buzoq (21.04 — 21.05)
Bugun o‘zingizni tutishingizda o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga barcha guvohlik qiladi. Hayotingizning barcha jabhalarida omad kulib boqadi.

Egizaklar (22.05 — 21.06)
Yangi ishga o‘tish va olis safarga otlanish uchun juda qulay, omadli kechadi. Basharti maroqli dam olishni reja qilgan bo‘lsangiz, fursat yetdi.

Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Kuningiz quvnoq va omadli kechishiga sira shubha yo‘q. Faqat kun mobaynida birovlar bilan janjallashmaslikka harakat qiling.

Arslon (24.07 — 23.08)
Faqat bugun har jabhada sabrli bo‘lishga harakat qiling. Bu narsa ish bajarishda foyda beradi. Qarshingizda qiynalgan va ezilganlar hozir bo‘lsa, ularga bajonidil yordam ko‘rsatishingiz so‘raladi.

Parizod (24.08 — 23.09)
Bugungi kun surunkali xastalikka yo‘liqqanlar uchun u qadar yoqimli kechmasligi mumkin.

Tarozi (24.09 — 23.10)
Oilalilar kun davomida quvonchli xabarlar eshitishlari kutilmoqda. Ayrimlarning xonadonida chaqaloq dunyoga kelishi ham ehtimoldan holi emas.

Chayon (24.10 — 22.11)
Ish va o‘qish bilan bog‘liq yangi bilimlarga ega bo‘lish ishtiyoqida yurganlar uchun bugungi kun omadli kechadi.

O‘qotar (23.11 — 21.12)
Ertalabdanoq yangi loyihalarni hayotga tadbiq etish ishqida kuyib-yonasiz. Lekin ularni yolg‘izlikda uddalay olmasligingiz mumkin. Yangi sheriklar toping.

Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Miyangizni bo‘lmag‘ur xayollardan xalos eting. Shu jumladan, qora ko‘ngilli odamlar bilan muloqot qilishdan ham tiyiling.

Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Bugun anchadan beri sizni qiynab kelayotgan ayrim muammolar nihoyat o‘z yechimini topadi. Agar o‘zingiz bilan hamfikr odamlarni hamroh etsangiz, ishlaringiz baroridan keladi.

Baliq (20.02 — 20.03)
Kuch va imkoniyatlar sizda keragidan-da ko‘proq. Ularni yuqorida sanab o‘tilgan martaba, moliya va ro‘zg‘or maqsadlariga sarflang.


Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.