O‘zbekiston
«3 oyda o‘zgarish bo‘lmasa, birinchi rahbarlarni ham ishdan olaman» – Shavkat Mirziyoyev
Ayni damda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan Prezident videoselektori bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari O‘. Bo‘tayev, Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i A. Bozorov, Markaziy bankning Qashqadaryo viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘i F. Rajabov, Navoiy viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari O. Hasanov, Markaziy bankning Navoiy viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘i I. Saidov va Navoiy viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Muhammadiyevlar lavozimidan ozod etildi.
Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov va viloyat prokurori Baxtiyor Ahmedovga hayfsan beriladi. Ushbu mutasaddi xodimlarga qat’iy ogohlantirish berildi va chorak oxiriga qadar o‘zgarish bo‘lmasa, ishdan bo‘shatilishi ta’kidlandi.
Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Azat Tasbayev va soliq rahbari A. Botiraliyevlar lavozimiga joriy yil mart oyida tayinlanganini inobatga olib, ularga 3 oy sinov muddati berildi.
Shuningdek, respublika viloyatlaridagi Ulug‘nor, Uzun, Yozyovon va Dehqonobod tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, Andijon, Oltinko‘l, Olot, Qorako‘l, Oqoltin, Chilonzor, Mo‘ynoq tumanlari, Xiva va Chirchiq shaharlari soliq idoralari boshliqlari ham lavozimidan bo‘shatiladi.
«Tuman va shahar sektor rahbarlari kichik tadbirkorlar bilan kuniga 3 marta, kerak bo‘lsa, kechasi ham uchrashadi, muammolarini hal qiladi» – Shavkat Mirziyoyev
Videoselektor yig‘ilishida Bosh vazir o‘rinbosarlari – Jamshid Qo‘chqorov, Sardor Umurzoqov va Savdo-sanoat palatasi rahbari Adham Ikramov viloyatlarda o‘rta tadbirkorlar bilan, viloyat sektor rahbarlari tumanda kichik biznes vakillari bilan har hafta uchrashib, yer, infratuzilma, kredit kabi eng muhim masalalarni hal etish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
«Tuman, shahar hokimlari esa, sektor rahbarlari bilan birga, kichik tadbirkorlar bilan kuniga 3 marta (kerak bo‘lsa, kechasi ham) o‘zining sektorida uchrashadi, muammolarini hal qiladi», — dedi davlat rahbari.
Ta’kidlanishicha, viloyat, tuman va shahar sektor rahbarlarining tadbirkorlar bilan muloqot qilish va muammolarini hal etish faoliyatini tahlil qilib, yaxshi va yomon ishlayotganlari bo‘yicha har oyda Prezident Administrasiyasiga axborot kiritib boriladi.
Shuningdek, bir oy muddatda hududlarda tadbirkorlar bilan ishlash bo‘yicha ijobiy tajribalarni umumlashtirib, har chorakda hokimlar, ularning o‘rinbosarlari, sektor va bank rahbarlarini rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.
«Viloyat, tuman va shahar hokimlari bir hafta muddatda har bir tuman va shahar kesimida tadbirkorlar bilan ishlash tizimini aniq hisob-kitoblar asosida qanday tashkil etishi va kutilayotgan natijalar bo‘yicha kafolat xati yozib beradi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi