Buxoro yangiliklari
Chor Bakr tarixi haqida nima bilasiz?
BDU Tarix va madaniy meros fakulteti o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori D. M. Jamolova tahririyatimizga bergan intervyusida ushbu ko‘hna majmua haqida o‘z qarashlarini bildirib o‘tdi
Chor Bakr ziyoratgohi Buxoro shahridan 6 km g‘arbda joylashgan bo‘lib, bu hududning qadimiy nomi Sumitandir. “Gʻiyosul-lug‘at” kitobida yozilishicha, Sumitan so‘zining ma’nosi “jundan mato to‘quvchilar yashadigan joy” degan ma’noni anglatadi. X asrda Sumitan qishlog‘iga Buxorodan Xodsharun nomli darvoza orqali o‘tib borilgan. Xodsharun darvozasi XV-XVI asrlarda Talipoch ya’ni “Xon tepaligi” deb nomlangan. To‘rtta buyuk avliyo – Hazrat Abu Bakr Sa’d Yamaniy, Hazrat Abu Bakr Homid, Hazrat Abu Bakr Muhammad ibn Fazl, Hazrat Abu Bakr Tarxon sharaflariga bu mavze Chor Bakr (to‘rtta Bakr) deb atalgan.
Abu Bakr Sa’d (vaf. 970) payg‘ambar (s. a. v.) avlodidan bo‘lib, ulug‘ shayx, olim edi. Somoniylar hukmronligida yashab, Buxoroda “Shayxulislom” rutbasiga ega bo‘lgan. Rivoyat qilishlaricha, Hazrat Abu Bakr Xizr (a. s.)ni uchratib qoladilar. Xizr (a. s.) u kishining ilm yo‘lidagi g‘ayratini sezib, qirq yil cho‘lda saboq bergan.
Abu Bakr Fazl (vaf. 991) buyuk faqih, taqvodor olim, muhaddis bo‘lganlar. Bu kishining sa’y-harakati bilan Buxoro islomga begona bo‘lgan turli firqalardan tozalangan. Abu Bakr Fazl “Musnadi Fazl” kitobini yozgan bo‘lib, Chingizxon bosqini davrida yoqib yuborilgan.
Abu Bakr Homid (vaf. 937) ulug‘ shayx, muhaddis olim, o‘z zamonasining buyuk tarbiyachisi bo‘lib, minglab odamlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlagan. O‘sha davr olimlari orasida Qur’on tafsirida unga teng keladigani bo‘lmagan va “Shayxi olam” deb ulug‘langan.
Abu Bakr Tarxon (vaf. 945) muhaddis, faqih, buyuk avliyo, ulug‘ tarbiyachi bo‘lib, “Jome’ ul-musnad” kitobining muallifidir. “Tuhfat az-zoirin” kitobida yozilishicha, Hazrat dinu diyonat yo‘lida buyuk xizmatlar qilganlar va 945-yilda vafot qilganlar.
Tarixchi Muhammad Narshaxiy “Buxoro tarixi” kitobida yozishicha, 889-yilda Ali ibn al-Husayn Buxoroga keladi. Amir Ismoil Somoniy u kishini juda yaxshi kutib oladi. Ali ibn al-Husayn bilan birga o‘sha mashhur Chor Bakrlar – Abu Bakr Sa’d Yamaniy, Abu Bakr Homid, Abu Bakr Fazl ibn Ja’far, Abu Bakr Tarxonlar ham bu quyoshli yurtga tashrif buyurib, bir umr shu yerda qolib ketadilar. Ja’far va Ali avlodidan bo‘lmish Chor Bakrlar Buxoro shohi atrofida jipslashib, ilmu irfonning targ‘ibotiga katta hissa qo‘shadilar. Tarixiy manbalarda aytilishicha, Amir Ismoil Somoniy Chor Bakr avliyolariga ko‘p yerlarni vaqf qilib bergan. Ular esa vaqf yerlaridan keladigan daromadlarni el-ulusga tarqatgan, yurtni obodonlashtirish uchun sarflagan. Boshpanasizlarga boshpana qurib bergan, tolibi ilmlarga ilm o‘rgatgan, adashgan kimsalarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan, bemorlarga, yetim-yesirlarga xolis xizmat qilgan. Ming yillar davomida Chor Bakr avlodlari Buxoroda katta nufuzga ega bo‘lib, bu yerlarning ilmu ma’rifati, ma’naviy hayotida ishtirok etganlar.
Sumitandagi Chor Bakr majmuasi bir-biriga tutashib ketgan oilaviy xazira va dahmalardan iborat bo‘lib, ularning old tomoni peshtoqlar va hujralar husn berib turuvchi yaxlit devor bilan o‘ralgan. Chor Bakr nomi bilan mashhur bu majmua O‘rta Osiyo me’morchiligining eng ajoyib namunalaridan hisoblanib, unda XVI-XVII asr me’morchiligining Buxoro maktabi usullari yaqqol o‘z ifodasini topgan. Xazira va dahmalar ancha puxta ishlangan bo‘lib, koshinkor devorlar bilan qurshalgan devorlarning har joy-har joyida ichkariga olib kiruvchi mehrob nusxa eshik mavjud, miyonsaroy (dahliz)ning har ikki tomonida hujralar joylashgan.
Uchqun Tojiyev, sayt bosh muharriri
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi