Buxoro yangiliklari
Maktabgacha ta’lim vazirligi Buxoroda o‘rganish olib boryapti
Maktabgacha ta’lim vazirligi ishchi guruhi tomonidan Buxoro viloyatida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Maqsad, hududlarda fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ishlarning ahvoli, MTT lardagi ta’lim-tarbiya jarayonlari, yuridik hamda xodimlar tomonidan yuritilgan ish xujjatlari, davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlar holati tekshirilmoqda.
Ishchi guruh viloyatning Gʻijduvon hamda Shofirkon tumanlarida o‘rganish ishlarini olib borib, fuqarolarning maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish jarayonlari, korrupsiya xolatlarini oldini olishga qaratilgan choralar, davlat-xususiy sherikchiligi asosida MTTlar tashkil etishda ko‘mak zarurligi, oilaviy MTT larni ochishda imtiyozlarda qanday foydalanish mumkinligi kabi savollar tinglandi. Fuqarolarga murojaatlari bo‘yicha huquqiy maslahat berildi hamda yechimi bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar aytib o‘tildi.
Shuningdek, ishchi guruh maktabgacha ta’lim bo‘limlarida yuridik hamda xodimlar tomonidan yuritilgan ish xujjatlari tekshirildi va kamchiliklarni bartaraf etish uchun tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ishchi guruhning viloyatda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, viloyatda jami 1 793 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat olib boryapti, shundan 463 tasi davlat, 1330 tasi nodavlat (22 tasi xususiy, 1220 oilaviy va 88 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosida) maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi