Mashhurlar
Muqaddas Saʼdullayeva yana turmushga chiqdi (-mi?) – foto
Aktrisa Muqaddas Saʼdullayevaning Instagram sahifasidagi surati sabab kuzatuvchilari uni yana turmush qurayotganini taxmin qildi.
U yangi fotosessiyasidagi suratlardan birini sahifasida eʼlon qilgan. Aktrisa unga barcha koʻngilsizliklarini ortda qoldirishini taʼkidlab, izoh yozgan. Muqaddas Saʼdullayeva Xudo uni baxtli kunlar bilan siylashiga ishonishini aytgan.
“Barcha koʻngilsizliklarni ortda qoldiramiz. Bugundan Robbim bizni baxtli kunlari bilan siylaydi”, — deb yozadi Muqaddas Saʼdullayeva.
Shuningdek, aktrisa o‘z sahifasida eri Yigitali Mamajonov bilan yashagan uyidan koʻchib ketganini maʼlum qildi.
Muqaddas Saʼdullayeva shu uyda 5 yil yashaganini aytgan. Aktrisa uyda yomon kunidan koʻproq yaxshi kunlari boʻlganini taʼkidlagan. Shuningdek, juftlikning 2 nafar farzandi ham oʻsha uyda tugʻilgan. Muqaddas Saʼdullayeva uydan nima sababdan koʻchib ketayotganini maʼlum qilmagan. U jihozlardan boʻshatilgan uyning videosini oʻz sahifasiga joylab, quyidagi izohni qoldirgan.
“Shu xonadonda 5 yil ichida chiroyli kunlarimiz oʻtdi. Yomonidan yaxshisi koʻp boʻldi. Farzandlarimiz shu xonadonda dunyoga keldi. Hammasi uchun Allohga hamd-u sanolar boʻlsin”, — deydi u.
Keyinchalik u Instagramda yangi post qo‘ydi. Unda Muqaddas erining uyidan koʻchib ketgach, yangi uyga koʻchganini maʼlum qildi.
U uyining ichini koʻrsatmagan biroq yangi uyidagi tipratikanni koʻrsatgan. Muqaddas Saʼdullayeva uni Abubakrning doʻsti ekanini aytgan.
Manba: shoubiz.uz
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi