Buxoro yangiliklari

Buxorolik kriminalist-ekspertlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi – foto

photo 658

Loading

Ichki ishlar vazirligining joriy yil 3-chorakka mo‘ljallangan tegishli rejasiga asosan, Buxoro viloyati Ekspert-kriminalistika xizmati va uning quyi tizimlari xodimlariga hodisa joylaridan hamda ashyoviy dalillardan qo‘l izlarini olishning zamonaviy usul va vositalari bo‘yicha sayyor o‘quv yig‘ini tashkillashtirildi, – deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Bunda, IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi masʼullari tomonidan “Hodisa joyini ko‘zdan kechirishda va laboratoriya sharoitida murakkab sirtlarda qoldirilgan qo‘l izlarini aniqlash, qayd etish va olish usullari”, “Buyumlarda qoldirilgan qo‘l izlarini lyuminessent kukunlar bilan aniqlash usullari”, “Fizikaviy usullarda qo‘l izlarini aniqlashning zamonaviy usullari va vositalari”, “Kimyoviy usullarda qo‘l izlarini aniqlashning zamonaviy usullari va vositalari” hamda “Tirik shaxslar va murdalarning qo‘l izlarini olish usullari” mavzularida seminar o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

photo 03 165

Tashkil etilgan sayyor o‘quv yig‘ini doirasida hodisa joyi hamda ashyoviy dalillardan qo‘l izlarini olishning zamonaviy usul va vositalari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazilib, turli xil sirtlardan qo‘l izlarini olish usullari, bu borada samaradorligi yuqori bo‘lgan maxsus kukunlarni ishlatish usullari namoyish etildi. O‘quv jarayonlarida xodimlar bilim saviyalarini oshirishi bilan bir qatorda bevosita turli xil sirtlardan qo‘l izlarini olib o‘z kasbiy mahoratlarini oshirishdi.

photo 01 160

Bu kabi sayyor o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan maqsad Ekspert-kriminalistika xizmati xodimlarining ilmiy salohiyati va kasbiy mahoratini oshirib borish, sodir etilgan jinoyatlarni ekspert-kriminalistika imkoniyatlaridan foydalangan holda “issiq izi” da ochish samaradorligini oshirishdan iborat.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.