Buxoro yangiliklari
Fuqaro Buxoro aeroporti orqali salkam 50 mln lik dorilarni noqonuniy olib kirmoqchi bo‘ldi
Kuni kecha “Buxoro xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti orqali “Istambul – Buxoro” yo‘nalishidagi aviareysda uchib kelgan A. A. ning hatti-hakatlari bojxona xodimlarining e’tiborini tortadi, deya xabar bermoqda viloyat Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.
Natijada, mazkur yo‘lovchining qo‘l yuklari hamda kuzatib borilayotgan bagaji rentgen apparati orqali bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ham ma’lum qilmagan umumiy qiymati 46 200 000 so‘mlik 709 dona dori vositalari borligi aniqlandi. Ushbu fuqaro mazkur dori vositalarini O‘zbekiston hududiga tegishli hujjatlarsiz noqonuniy ravishda olib kirishda gumonlanmoqda. Shuningdek, hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Aytishlaricha, mazkur dori-darmonlar erkak va ayollar reproduktiv salomatligini tiklash hamda EKU (ekstrakorponal urug‘lantirish) ni xavfsiz o‘tishiga yordam beruvchi maxsus vositalar sirasiga kirarkan. Shaxsiy ehtiyoj uchun ishlatishda ularning miqdori ko‘plik qilishini hisobga olsak, respublikamiz hududiga olib kirishdan ko‘zlangan asosiy maqsadni tijoriy yoki pul topish ekanligini taxmin qilishimiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, respublikamiz hududiga jismoniy shaxslar tomonidan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining olib kirilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyuldagi “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 191-sonli Qaroriga binoan tartibga solingan.
Mazkur Qarorga asosan bojxona organlari davlatimiz chegarasi orqali harakatlanayotgan shaxslar tomonidan dori vositalarining olib kirilishi va olib chiqilishi ustidan bevosita nazoratni amalga oshiradi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi