Texnologiyalar
WhatsApp “olamshumul” yangilik qildi
WhatsApp messenjerida xabarlarni tahrirlash imkoniyati paydo bo‘ladi, – deya xabar bermoqda “Wabetainfo” nashri.
Hozirda dasturning 2.22.22.14 beta-versiyasi Android operatsion tizimlarda ishlovchi qurilmalarda mavjud.
Xabarni tahrirlash uchun foydalanuvchilarga xabar yuborilganidan keyin 15 daqiqa vaqt beriladi. Tahrirlangan xabarlar “tahrirlangan” deb belgilanadi.
Shuningdek, joriy yilning 7-oktabr kuni WhatsApp da yangi funksiya paydo bo‘lgandi. Endi foydalanuvchilar guruh suhbatlarini xohlagan vaqtda va ogohlantirishsiz tark etishlari mumkin va bu haqda faqat administratorlar biladi. 9-oktabr kuni esa WhatsApp eksklyuziv funksiyalarga ega Premium obunasini ishga tushirdi. Pullik obuna messenjerning oddiy versiyasidan 2 ta eksklyuziv funksiya bilan farq qiladi.
Taʻkidlash joizki, O‘zbekistonda anchagina ommalashgan Telegram messenjerida bu funksiya ancha vaqtdan beri mavjud bo‘lgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi