Buxoro yangiliklari
Buxorolik 20 yoshar fohisha bir necha erkakka qasddan OITS ni yuqtirgan – video
Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida 20 dan ortiq erkakka qasddan OITS kasalligini yuqtirgan ayol 3 yilga qamaldi, – deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 20 yoshar qiz 11-sinfni bitirgach, oilasi bilan kelisholmay qolgan va uydan chiqib ketib, tungi klubdan ish topgan. Ishdan bo‘sh vaqtida esa fohishalik bilan shug‘ullangan.
Vaqt o‘tib esa sog‘lig‘i yomonlashib, ro‘yxatda turgan tuman kasalxonasiga murojaat qilgan va tegishli tekshiruvlardan so‘ng o‘zida OITS kasalligi borligini bilgan. U shu zahotiyoq ro‘yxatga olingan va majburiyatlari haqida tushuntirilgan. Jumladan, o‘zidagi infeksiyani boshqalarga yuqtirsa (jinsiy aloqa orqali), javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan.
Shunga qaramay, yosh ayol kasalligini yashirgan holda erkaklar bilan pul evaziga jinsiy aloqada bo‘lishda davom etgan. Tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, qiz 20 nafardan ortiq erkakka OITS kasalligini qasddan yuqtirgan.
U Jinoyat kodeksining 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) 4-qismi bilan aybdor deb topilib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi