Buxoro yangiliklari

Buxoro IIB ning 33 nafar xodimi ishdan olingan

photo 11 1

Loading

Kuni kecha Buxoro IIB da tizimda kadrlar bilan ishlash, xodimlarning kasbiy va jangovar tayyorgarligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni aholi eʼtiboriga yetkazish uchun OAV ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Umidjon O‘tayev tomonidan ichki ishlar organlari va ta’lim muassasalariga ishga hamda o‘qishga nomzodlarni qabul qilish tartibi, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham maʼlumot berildi.

Bunda faoliyati davomida o‘z xizmat vazifasiga noloyiq boʻlgan bir nechta xodimlar ichki ishlar safidan chetlatilgani bildirildi.

«– Ichki ishlar organlari xodimlari xalq xizmatchisi hisoblanadi. Odamlar bilan muloqotda qo‘polliklar sodir etgan, xizmat vazifasiga loqayd qaragan xodimlarga ichki ishlar safidan o‘rin yo‘q. Fuqarolarning turli mazmundagi bu murojaatlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan oshgan. Shundan tizimda faoliyat yuritib kelgan xodimlarning noo‘rin xatti-harakatlari ustidan kelib tushgan shikoyatlar soni kamaygan bo‘lishiga qaramay, ular soni bitta bo‘lsa ham tizim uchun ko‘p hisoblanadi. Xizmat intizomi va qonunchilikni buzgan 66 nafar xodimga nisbatan turli ko‘rinishdagi intizomiy ta’sir choralari qo‘llanildi. Salbiy holatlarga ko‘ra, 33 nafar xodim ichki ishlar organlari safidan chetlatildi», —dedi Umidjon O‘tayev.

Shundan soʻng yigʻilgan ommaviy axborot vositalari vakillariga ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartiblari to‘g‘risida batafsil axborot berildi.

«– Ilgari ichki ishlar organlariga nomzodlar soni o‘rtacha 800 nafardan oshsa ham ularning barchasi ma’lum miqdordagi to‘lovni amalga oshirgach, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilardi va so‘ngra keyingi bosqichlarga «start» olardi. Shunda ham tibbiy ko‘rikdan o‘tolmay, cho‘ntagidagi puli bekorga sarflagani qolgan nomzodlar ko‘pchilikni tashkil etardi. Endi esa nomzodlar tomonidan tibbiy tekshiruv uchun ortiqcha mablag‘ sarflanishi oldi olindi», — dedi Umidjon O‘tayev.

Yana bir eʼtiborli jihati shundaki, hozir IIV tuzimiga xizmatga qabul qilish jarayoni tezlashgan boʻlib, bu bilan boʻlajak xodimlar hamda tibbiyot mutaxassislarining ortiqcha vaqti va mehnat sarfi kamayishiga erishilgan. Bu esa oʻz navbatida xizmat vazifasiga e’tiborsiz, qo‘pol fe’l-atvorli xodimlarning tizimga kirib qolishining oldini olishda ham muhim ahamitga ega.

Zero, maqsad – ichki ishlar organlarini o‘z xizmat burchini «Xalq manfaatlariga xizmat qilish» deb bilgan xodimlar bilan to‘ldirib, professional tuzilmaga aylantirish.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.