Islom
Alloh ta’olo Iblis Alloh azza va jallaga: “Izzatim va Jalolimga qasamki, modomiki istog‘for aytsalar, albatta ularni kechiraman”
Ojiz banda bu dunyoga kelib Alloh taolo nasib etgancha yashab ulg‘ayib o‘tar ekan, ozmi-ko‘pmi gunohdan to‘liq ma’sum bo‘la olmas ekan. Bandaning vazifasi iloji boricha gunohlardan saqlanmoqlik bo‘lsa-da, ba’zan bilib turib, ba’zan bilmasdan gunohga giriftor bo‘lib qolar ekanmiz. Alloh taoloning fazlu-karamining kengligiga esa hech qanday shubha yo‘q. Biroq banda Alloh taoloning mag‘firatiga suyanib, bira to‘la g‘aflatda qolib ketmasligi kerak. Shuningdek ,tavbadan so‘ng o‘sha gunohga qaytmasliklari lozim.
Haq subhonahu va taolo Oli Imron surasining 135-oyatida shunday marhamat qiladi: “Ular biror fahsh ish qilib qo‘ysalar yoki o‘zlariga zulm qilib qo‘ysalar, (darhol) Allohni eslab, istig‘for aytadilar. Chunki gunohlarni faqat Allohgina mag‘firat etadi. Yana ular bila turib qilmishlarida davom etmaydigan kishilardir”. Demak, gunohda bardavom bo‘lishlik qanchalik noto‘g‘ri bo‘lsa-da, mag‘firatdan umid uzishlik ham to‘g‘ri emas ekan.
Tavbaning ko‘proq qabul qilinish vaqti ham bor: kechaning oxirgi qismi, tong otishidan oldingi vaqt duo va istig‘forlar qabul qilinadigan onlar hisoblanadi. Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilingan hadisda aytilishicha, «Har kecha tunning oxirgi uchinchi qismida Alloh taolo: “Kim duo qilsa – ijobat etaman, kim so‘rasa – beraman, kim istig‘for aytsa – gunohidan kechaman», – deydi”.
Hasan Basriyning oldilariga bir odam kelib, qurg‘oqchilikdan shikoyat qildi. U kishi: “Istig‘for ayt!” dedilar. Yana bir odam kelib, faqirligidan arz qildi. Unga ham: “Istig‘for ayt!” dedilar. Boshqa bir odam kelib, farzandi yo‘qligini aytdi va maslahat so‘radi. Unga ham istig‘for aytishni buyurdilar. Odamlar nega bunday qilganlari sababini so‘rashganida ushbu oyatni o‘qidilar: “Robbingizga istig‘for ayting, U Gʻaffordir, sizlarga osmondan sharros yomg‘irlar yog‘diradi, molu dunyo va zurriyotlar bilan sizlarni quvvatlantiradi, sizlarga bog‘u rog‘lar, daryolar ato qiladi!”. (Hud surasi, 52-oyat)
Iblis Alloh azza va jallaga shunday dedi: Modomiki ularning ruhlari jasadlarida ekan albatta adashtiraman!
Alloh ta’olo esa mana bunday javob qildi: “Izzatim va Jalolimga qasamki, modomiki istog‘for aytsalar, albatta ularni kechiraman”.
Ey Robbim, sendan har bir gunoh va xatoimiz uchun kechirim so‘raymiz va tavba qilamiz!
Istig‘for – kechirishini so‘rash, Allohga qilingan har bir ma’siyat uchun Allohdan kechirishini so‘rash. Eng qisqa va osoni – Astag‘firullooh! Istig‘for aytganingizda, “gʻ” harfining talaffuziga e’tibor bering.
Muallif: Xolmurod Hojiyev, Qorovulbozor tuman “Abdulloh ibn Muborak” jome’ masjidi imom-noibi.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi