Buxoro yangiliklari
Buxoro amiri Sayyid Olimxonning ta’lim sohasidagi islohotlari
Har bir davlat hukumati xalq farovonligi va mamlakat taraqqiyotiga erishish uchun ilm-fanni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Buning uchun doimiy ravishda ta’lim tizimini isloh qilib, zamon talablariga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlashga harakat qiladi. XX asr boshlarida Buxoro amirligining so‘nggi hukmdori Olimxon ham ta’lim sohasida islohotlar o‘tkazib, maorif tizimida qator o‘zgarishlarni joriy qildi.
Buxoro amiri Sayyid Olimxon (1910–1920) otasi Amir Abdulahadxon vafot etgach, amirlik taxtini egallaydi. XX asr boshlarida dunyoda sodir bo‘layotgan texnikaviy yangiliklar va ilm-fanning jadallik bilan rivojlanib borishi yangi hukmdorni befarq qoldirmadi. U jamiyatning barcha sohalarida, jumladan, ta’lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirdi. Maktab va madrasalar faoliyatini takomillashtirishni davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu ishga qo‘shbegi va qozikalonni mas’ul qilib qo‘ydi.
Amir Olimxon 1911-yil mart oyida “Ta’lim to‘g‘risida” farmon chiqardi. Unga ko‘ra, madrasa talabalariga turli hoshiyalar o‘qitilmasligi, tafsir va hadis rasmiy dars sifatida o‘qitilishi; davlat xazinasiga olingan vaqflardan yig‘ilgan pullarga shaharning turli yerlarida maktablar qurish hamda ularga muallimlar tayinlash; maktab muallimi olim, hushxat va xushqiroat bo‘lishi; ularga maktablarning vaqflaridan tashqari davlat xazinasidan yillik 120 so‘m maosh tayinlash; tahsil uchun bolalardan pul olmaslik; maktablarga bir nozir tayinlash va u har oy maktabni taftish qilib, amirga hisobot berishi belgilab qo‘yilgan edi.
Ushbu farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida 1911-yil aprel oyining boshida Buxoro shahridagi barcha maktablar muallimlari Registonga chaqirilib, qo‘shbegi tomonidan har bir muallimga 15 so‘mdan maosh berilgan. Oylik tarqatilgach, Nasrullo qo‘shbegi muallimlarga qarata quyidagi mazmunda nutq so‘zlaydi:
“Muallim afandilar, vatanimizning yosh bolalarining ta’lim tarbiyasig‘a ko‘b ortiqcha diqqat etingizlar. Ularni hech vaqt urmangiz. O‘qimoqqa targ‘ib va tashviq uchun ularni doimo maktabga muhabbat etmog‘iga sa’y qilingiz. 1 soat o‘qitib bir necha daqiqa tanaffus etdiringiz. Birdan 3-4 soat o‘qitub ularning boshlarin qotirmangiz. Zeroki, bul tariqa qilsangiz ularda o‘qimoqg‘a hech rag‘bat bo‘lmay, maktabdan chiqmoqg‘a shoshib tursalar kerak. Agar ularg‘a maktabni yaxshi ko‘rguzmakni xohlasangiz, maktabg‘a kelmoqg‘a o‘zlari shoshib turadurlar. Har o‘qitgan saboqni yengillik ila anglatib o‘qitingiz. Bola o‘qugan saboqni bilib tursa va bir oz foydasini fahmlab saboqni o‘qimoqg‘a shavqlik bo‘ladur. Agar birinchi soat qichqurub-qichqurub hech bir narsa anglamasa, o‘qimoqdan bezor bo‘lur. Mana shul tariqa yaxshi o‘qitsangiz yilning oxirida shogird bolalarda tahsil samarasi ko‘rinsa, ul vaqtda sizlar ham moddiy va ma’naviy mukofotg‘a yetsangiz kerak”.
Shuningdek, amir mamlakatning barcha bekliklarida maktablarni nazorat qilish va moddiy rag‘batlantirish uchun viloyat hokimlarini ma’sul qilib qo‘yildi.
Amir Olimxon madrasa ta’lim tizimida ham o‘zgarishlar qilishga kirishadi. Uning buyrug‘iga ko‘ra, 1913-yilda Buxoro shahrida yangi madrasa quriladi.
Imom Sobirjon Mustofiy “Vaqt” gazetasida chop etilgan “Buxoroda madrasa ta’sis etiluv munosabatila” nomli maqolasida madrasaning bosh mudarrisi etib toshkentlik Xolmurod afandi tayinlangani, mudarris Sadriddin maxdum hisob, handasa, faroiz, mudarris Ibodulla Maxdum fatvo fanlaridan dars o‘tgani haqida ma’lumot bergan. Madrasada tafsir, hadis, kalom, fikh, usuli fikh, hisob, tajvid, tarix fanlaridan ta’lim berish belgilab qo‘yiladi.
Madrasaning nizomnomasida bu o‘quv muassasasida tahsil olayotgan o‘quvchining ikkinchi madrasada o‘qishi ta’qiqlanib, har yili tahsilning oxirida talabalarni imtihon qilish qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Madrasa tashkil etilgan vaqtda unga faqat buxoroliklarni ta’lim olishiga ruxsat berilgan bo‘lib, keyinchalik chetdan kelgan o‘quvchilar ham qabul qilingan. “Vaqt” jurnaliga Buxorodan kelgan bir maktubda 1915–1916 o‘quv yilida tataristonlik Ishoq Sayfiddin madrasaga tahsil olish uchun qabul qilinganligi qayd etilgan.
Amir Olimxon bu madrasani tashkil etish haqida qo‘shbegi nomiga buyruq chiqarganida mulla Qamariddinning ta’siri ostidagi bir necha mufti va beklar madrasani tashkil etilishiga qarshilik qiladilar. Ular madrasada dunyoviy fanlarning o‘qitilishiga keng o‘rin ajratilganidan norozi bo‘lib, bu masalada Burhoniddin qozikalonga murojaat qilishgan. Qozikalon bu ishning boshida shaxsan amirning o‘zi turganini aytib, ularning noroziligiga chek qo‘ygan.
1913-yil sentyabr oyining boshida Buxoro shahrida yangi tipdagi 3 bo‘limli: yozish, hisob xonasi va qiroatxonadan iborat maktab binosini qurilishi boshlanib, unga birinchi g‘ishtni qozikalonning o‘zi qo‘ygan. O‘sha yilning oktyabrida Nasrullo qo‘shbegi va Burhoniddin qozikalon barcha madrasa mudarrislarining faoliyati o‘rganib, axloqiy jihatdan yetuk va bilimli mudarrislarni madrasalarda tahsil berishga loyiq deb topganlar va noloyiqlari ishdan chetlashtirganlar.
1913-yildan boshlab, Buxoro amirligi hududida jadid maktablari ochila boshlaydi. Dunyoviy bilimlar berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan bunday maktablar tez orada xalq orasida shuhrat qozonadi. Ammo an’anaviy maktablar faoliyati tarafdori bo‘lgan ulamolar yangi usul maktablariga qarshi chiqadilar. Buning uchun Amir Olimxonning shikoyatlarni qabul qilish kunidan ustamonlik bilan foydalanadilar.
Amir Olimxon ulamolarning norozilik xatini ko‘rib chiqib, Nasrullo qo‘shbegiga Buxoro shahrida ochilgan 3 ta jadid maktabini vaqtinchalik yopib qo‘yishga buyruq beradi. Bu maktablarning yopib qo‘yilishidan xalq norozi bo‘ladi. Shunda amir: “Bog‘lanish maktablarining muallimlarig‘a va bularda o‘qiyturg‘an bolalarning ota-onalarig‘a e’lon etilsunki, maktablarning bog‘langanligig‘a hazin bo‘lmasinlar! Men avval maktablarni hukumatdan ruxsatsiz holda ishlagani uchun vaqtincha yopdurdim. Tezdan Buxoroda yangi maktablarni ochdirmog‘ligimga amin bo‘lsunlar!”deb, qo‘shbegiga bu gapini xalqqa yetkazishini amr qiladi.
Ammo amir 3 ta yangi usuldagi maktablarni qayta ochishga ruxsat bermasa-da, amirlik hududida 45 jadid maktabi faoliyat yuritganini manbalar tasdiqlaydi.
Buxoro amiri Olimxon davlat rahbari sifatida mamlakatning barcha sohalari islohiga oid farmonlar chiqarib, ularni amalda tadbiq etishga harakat qilgan. Ayniqsa, ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratib, maktab va madrasalar o‘quv dasturlariga dunyoviy fanlarni kiritishni shart qilib qo‘ygan. Ta’lim tizimini davlat xazinasi hisobidan moliyalashtirib, muallimlarga maosh berishni joriy qilgan. Yangi maktab va oliy ta’lim beruvchi madrasa ochdirib, ularning faoliyatini shaxsan o‘zi nazorat qilgan. Amir Olimxon Yevropa va Osiyoning rivojlangan davlatlaridan mamlakat hududiga kirib kelayotgan ta’lim tizimiga oid o‘zgarishlarga ijobiy munosabatda bo‘lib, dunyoviy fanlarni o‘qitilishiga qarshilik qilmagan.
Har bir davlat hukumati xalq farovonligi va mamlakat taraqqiyotiga erishish uchun ilm-fanni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Buning uchun doimiy ravishda ta’lim tizimini isloh qilib, zamon talablariga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlashga harakat qiladi. XX asr boshlarida Buxoro amirligining so‘nggi hukmdori Olimxon ham ta’lim sohasida islohotlar o‘tkazib, maorif tizimida qator o‘zgarishlarni joriy qildi.
Buxoro amiri Sayyid Olimxon (1910–1920) otasi Amir Abdulahadxon vafot etgach, amirlik taxtini egallaydi. XX asr boshlarida dunyoda sodir bo‘layotgan texnikaviy yangiliklar va ilm-fanning jadallik bilan rivojlanib borishi yangi hukmdorni befarq qoldirmadi. U jamiyatning barcha sohalarida, jumladan, ta’lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirdi. Maktab va madrasalar faoliyatini takomillashtirishni davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu ishga qo‘shbegi va qozikalonni mas’ul qilib qo‘ydi.
Amir Olimxon 1911-yil mart oyida “Ta’lim to‘g‘risida” farmon chiqardi. Unga ko‘ra, madrasa talabalariga turli hoshiyalar o‘qitilmasligi, tafsir va hadis rasmiy dars sifatida o‘qitilishi; davlat xazinasiga olingan vaqflardan yig‘ilgan pullarga shaharning turli yerlarida maktablar qurish hamda ularga muallimlar tayinlash; maktab muallimi olim, hushxat va xushqiroat bo‘lishi; ularga maktablarning vaqflaridan tashqari davlat xazinasidan yillik 120 so‘m maosh tayinlash; tahsil uchun bolalardan pul olmaslik; maktablarga bir nozir tayinlash va u har oy maktabni taftish qilib, amirga hisobot berishi belgilab qo‘yilgan edi.
Ushbu farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida 1911-yil aprel oyining boshida Buxoro shahridagi barcha maktablar muallimlari Registonga chaqirilib, qo‘shbegi tomonidan har bir muallimga 15 so‘mdan maosh berilgan. Oylik tarqatilgach, Nasrullo qo‘shbegi muallimlarga qarata quyidagi mazmunda nutq so‘zlaydi:
“Muallim afandilar, vatanimizning yosh bolalarining ta’lim tarbiyasig‘a ko‘b ortiqcha diqqat etingizlar. Ularni hech vaqt urmangiz. O‘qimoqqa targ‘ib va tashviq uchun ularni doimo maktabga muhabbat etmog‘iga sa’y qilingiz. 1 soat o‘qitib bir necha daqiqa tanaffus etdiringiz. Birdan 3-4 soat o‘qitub ularning boshlarin qotirmangiz. Zeroki, bul tariqa qilsangiz ularda o‘qimoqg‘a hech rag‘bat bo‘lmay, maktabdan chiqmoqg‘a shoshib tursalar kerak. Agar ularg‘a maktabni yaxshi ko‘rguzmakni xohlasangiz, maktabg‘a kelmoqg‘a o‘zlari shoshib turadurlar. Har o‘qitgan saboqni yengillik ila anglatib o‘qitingiz. Bola o‘qugan saboqni bilib tursa va bir oz foydasini fahmlab saboqni o‘qimoqg‘a shavqlik bo‘ladur. Agar birinchi soat qichqurub-qichqurub hech bir narsa anglamasa, o‘qimoqdan bezor bo‘lur. Mana shul tariqa yaxshi o‘qitsangiz yilning oxirida shogird bolalarda tahsil samarasi ko‘rinsa, ul vaqtda sizlar ham moddiy va ma’naviy mukofotg‘a yetsangiz kerak”.
Shuningdek, amir mamlakatning barcha bekliklarida maktablarni nazorat qilish va moddiy rag‘batlantirish uchun viloyat hokimlarini ma’sul qilib qo‘yildi.
Amir Olimxon madrasa ta’lim tizimida ham o‘zgarishlar qilishga kirishadi. Uning buyrug‘iga ko‘ra, 1913-yilda Buxoro shahrida yangi madrasa quriladi.
Imom Sobirjon Mustofiy “Vaqt” gazetasida chop etilgan “Buxoroda madrasa ta’sis etiluv munosabatila” nomli maqolasida madrasaning bosh mudarrisi etib toshkentlik Xolmurod afandi tayinlangani, mudarris Sadriddin maxdum hisob, handasa, faroiz, mudarris Ibodulla Maxdum fatvo fanlaridan dars o‘tgani haqida ma’lumot bergan. Madrasada tafsir, hadis, kalom, fikh, usuli fikh, hisob, tajvid, tarix fanlaridan ta’lim berish belgilab qo‘yiladi.
Madrasaning nizomnomasida bu o‘quv muassasasida tahsil olayotgan o‘quvchining ikkinchi madrasada o‘qishi ta’qiqlanib, har yili tahsilning oxirida talabalarni imtihon qilish qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Madrasa tashkil etilgan vaqtda unga faqat buxoroliklarni ta’lim olishiga ruxsat berilgan bo‘lib, keyinchalik chetdan kelgan o‘quvchilar ham qabul qilingan. “Vaqt” jurnaliga Buxorodan kelgan bir maktubda 1915–1916-o‘quv yilida tataristonlik Ishoq Sayfiddin madrasaga tahsil olish uchun qabul qilinganligi qayd etilgan.
Dilnoza Jamolova – Tarix fanlari buyicha falsafa doktori (PhD)
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi