Buxoro yangiliklari

Jondorlik erkak alimentni oldindan to‘lab, bolasining onasiga 65 mln so‘m berdi

photo
Foto: MIB Buxoro viloyat boshqarmasi

Loading

Qonunchilikka ko‘ra, ota-ona farzandi ta’minoti uchun bolaning manfaatiga zid bo‘lmagan aliment to‘lash tartibini belgilashga haqli.

Byuroning Jondor tuman bo‘limi ish yurituvidagi ijro hujjatiga ko‘ra, qarzdor A. B. dan undiruvchi R. N. foydasiga voyaga yetmagan farzandimoddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor aliment to‘lovini oldindan to‘lamoqchiligini bildirgan. Qarzdorga ijro ishida taraflarning huquq va majburiyatlari hamda aliment to‘lovlarini oldindan to‘lash tartibi tushuntirilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor ota voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun 65 mln so‘m aliment pullarini oldindan to‘lab bergan.

Taraflarning o‘zaro kelishuvi vau ndiruvchining arizasiga asosan ijro hujjati undiruvchiga ijrosiz qaytarilgan.  

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.