Buxoro yangiliklari

Profilaktik hisobda turuvchi yoshlarning Milliy gvardiya markazidagi 10 kunlik “safarbarligi” nihoyasiga yetdi

photo 626

Loading

Buxoro viloyati Milliy gvardiya bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, profilaktik xisobida turgan yoshlar bilan ishlash borasidagi qo‘llanilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida, shahar va tumanlardan jami 30 nafar profilaktik hisobida turuvchi yoshlar viloyat Milliy gvardiya boshqarmasida tayyorlov markazida 10 kun o‘tkazishlari haqida avval ham xabar bergan edik.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchani singdirishdan iboratdir.

photo 03 156

Ushbu tadbirlar jarayonida yoshlarga harbiy xizmat sir asrorlari haqida atroflicha tushuncha berildi, jangovar qurollar hamda harbiy texnikalarni ko‘rgazmalari namoyish qilindi, saf tayyorgarligi, jismoniy va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarliklari sinovdan o‘tkazildi hamda ular uchun kitobxonlik kechalari, tarixiy obidalarga sayohat, ochiq osmon ostida filmlar namoyish etildi.

photo 02 219

Yakunda esa faol hamda tadbirlarda namunali ishtirok etgan yoshlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan profilaktik hisobdan muddatdan oldin hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risida tavsiyanomalar taqdim etilib, esdalik sovg‘alari toshirildi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.