Texnologiyalar
Qanday qilib Instagram akkauntni to‘liq o‘chirib yuborish mumkin?
Hozirgi kunga kelib, Instagram nafaqat butun dunyoda balki O‘zbekistonda ham eng ko‘p foydalaniladigan ijtimoiy tarmoqlardan hisoblanadi. Agar siz ham uning foydalanuvchisi bo‘lsangiz va undagi akkauntingizni butunlay o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, ushbu maqola aynan Siz uchun.
Akkauntni o‘chirishdan avval uni qayta tiklab bo‘lmasligini hamda Instagram dagi barcha foto, video va direktdagi xabarlaringizni yo‘qotishingizni yodda tuting!
Quyida Instagram akkauntni to‘liq o‘chirib yuborish uchun nimalar qilish kerakligini natafsil ketma-ketlikda tushuntirib o‘tamiz:
1. Akkauntga kirishingiz kerak
Kompyuter yoki mobil qurilmangizdan https://instagram.com/accounts/remove/request/permanent/ sahifasini oching. Akkauntni o‘chirish uchun Siz avval unga kirishingiz kerak bo‘ladi.
2. Akkauntingizni o‘chirish sahifasida Sizdan nima uchun uni o‘chirishni xohlayotganingiz so‘raladi
Siz “Maxfiyligim haqida qayg‘uraman” yoki “Juda ko‘p reklamalar” kabi variantlardan birini yoki “Boshqa sabab” ni tanlashingiz mumkin.
3. Sababni tanlaganingizdan so‘ng Sizdan parolingizni qayta kiritishingiz so‘raladi
Bu Sizning akkaunt egasi ekanligingizni va uni o‘chirib tashlamoqchi ekanligingizni tasdiqlash uchun.
4. Parolni qayta kiritgandan so‘ng, “Akkauntni butunlay o‘chirish” tugmasini bosing
Bu Sizning akkauntingizni o‘chirib tashlash uchun qo‘yilgan so‘nggi qadam bo‘ladi.
Shundan so‘ng Sizning akkauntingiz Instagram dan olib tashlanadi va 30 kun ichida platformadan to‘liq o‘chirib yuboriladi. Agar akkauntingizni o‘chirib yuborish fikridan qaytsangiz, Siz 30 kun ichida unga qayta kirish bilan uni saqlab qolishingiz mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi